"Barselona" Raboni qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Barselona" yozda "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni sotib olmoqchi.
28 yoshli frantsiyalik futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi va "Yuventus" hali Raboga hamkorlikni uzaytirish bo'yicha taklif bilan chiqqani yo'q.
"Barselona" o'ta zaif moliyaviy ahvolda qolmoqda va ortiqcha pul sarflay olmaydi, bu esa erkin agentlarni o'z safiga qo'shib olishni Kataloniya klubi uchun qulay variantga aylantiradi.
3Cat telekanali xabariga ko'ra, "Barselona" Rabo "Yuventus" bilan yangi shartnoma imzolamasa, yozda uni tekinga qo'lga kiritmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!