APLning nomi oshkor etilmagan futbolchisi "ko'ngilxushlik gazi"dan foydalangani uchun reabilitatsiyadan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Angliya Premer-ligasi klubi futbolchisi "ko'ngilxushlik gazi"dan foydalanishga moyilligi tufayli reabilitatsiyadan o'tdi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Manbaga ko'ra, ismi-sharifi oshkor etilmagan futbolchi tarixda ushbu reabilitatsiya kursidan o'tgan birinchi futbolchi bo'ldi. Qayd etilishicha, gap "Premer-liga yulduzi" haqida ketmoqda. Oilasi klubdan yordam so'ragach, futbolchi reabilitatsiyaga yuborilgan. Ma'lum qilinishicha, bir necha hafta avval politsiya futbolchi yo'lovchi bo'lgan mashinani to'xtatib, azot oksidi bo'lgan kanistrlarni topgan. Huquq-tartibot idoralari ularning futbolchiga tegishli ekanligini isbotlay olmadi.
Ta'kidlanishicha, ingliz futbolida ancha keng tarqalgan "ko'ngilxushlik gazi"ga moyilligi bo'lgan boshqa futbolchilar ham reabilitatsiyadan o'tishi mumkin.