"Chelsi" himoyachisi yozda jamoani tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Himoyachi Tyago Silva ushbu mavsum oxirida "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
39 yoshida Silva "Chelsi"ning asosiy o'yinchisi bo'lib qolmoqda, ammo Tyagoning shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va klub faxriy futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlamagan.
Evening Standard nashri xabariga ko'ra, "Chelsi" kelayotgan yozda yana bir markaziy himoyachini olib kelishni rejalashtirmoqda, "ko'klar" "Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todibo va "Sporting" a'zosi Usmon Diomandega qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, shu oyda Silva UEFA B litsenziyasini qo'lga kiritish uchun murabbiylik kurslarini boshlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!