“Liverpul” uchun Londonning shimoliy qismi jamoalari xavfli
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Yakshanba kuni “Liverpul” mehmonda “Arsenal”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, muxlislarini ranjitdi.
Bu Yurgen Klopp jamoasining joriy Angliya chempionatidagi ikkinchi mag'lubiyatidir. Qizig'i shundaki, "qizillar" birinchi yutqaziqni ham aynan London shimolida - sentyabr oyi oxirida "Tottenxem"dan qabul qilib olgan edi.
Premer-liganing joriy mavsumida qolgan o'yinlarda "Liverpul" 15 g'alaba va 6 durangni qayd etdi.
Yurgen Klopp jamoasi 51 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!