Laport «Inter Mayami» darvozasiga 65 metrdan gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Saudiya Arabistonining “An-Nassr” va AQShning “Inter Mayami” klublari 1 fevral, payshanba kuni o'zaro o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi.
Mezbonlar futbolchisi Emerik Laport bahsning 12-daqiqasida 65 metrdan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Maydon markaziga yaqin joyda jarima zarbasi belgilandi. "Inter" posboni oldinroqda turganini ko'rgan Laport kutilmaganda zarba berdi va to'pni darvozaga joyladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!