Xavi: "Ketish haqidagi qarorim jamoaga ijobiy ta'sir ko'rsatdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsum oxirida jamoani tark etish qarorining asosiy ijobiy tomonini aniqladi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis 2021 yilning noyabridan buyon "ko'k-anorranglilar" boshqaruvida ishlab kelmoqda.
"Bizga reaktsiya kerak edi. Menimcha, bu qarorim to'g'ri bo'lishining sabablaridan biri edi. Bizga jamoani birlashtirish kerak edi, mening ketishim bunga erishishga yordam berdi. Endi futbolchilar va muxlislar oilaviy muhitni his qilishmoqda", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
"Barselona" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. O'tgan mavsumda Xavi boshchiligidagi jamoa La Ligani ishonchli tarzda qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!