Xavi: "Muammo kichik deb umid qilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya chempionatining kecha "Osasuna"ga qarshi o'yinida jarohat olgan hujumchi Ferran Torresning holati haqida gapirdi.
Ispaniyalik futbolchi tez orada jarohatining og'irligini ko'rsatadigan tekshiruvdan o'tadi. “Ferran tizzasida nimadir sezdi. Muammo kichik deb umid qilamiz.
Torresning jarohat olgani achinarli, u yaxshi holatda edi”, - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Torres 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi allaqachon La Ligadagi faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!