Safina Sa'dullaeva Germaniyadagi turnirda sovrindor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Safina Sa'dullaeva Germaniyada o'tgan xalqaro musobaqada sovrindor bo'ldi.
Kotbus shahri mezbonlik qilgan "nternational Jump Meeting Cottbus" turnirida balandlikka sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimiz 1.86 metr bilan bronza medalini qo'lga kiritdi.
Mazkur musobaqada ukrainalik Yaroslava Maguchix 2.04 metr natija evaziga oltin medal sohibiga aylangan bo'lsa, 1.94 metrni zabt etgan mezbon Imke Onnan kumush medalga ega chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!