Ten Xag: "Jarohat olgan futbolchilarning qaytishi jamoamizni kuchaytiradi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya chempionatining 22-turida "Vulverxempton"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida fikr bildirdi.
"Biz bilamizki, biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimiz bilan har kimni mag'lub eta olamiz va jamoadagi hamma bunga juda ishonadi. Qolaversa, ular jarohat olgan futbolchilarning safga qaytishi bilan jamoa yanada kuchayishini bilishadi. Bu ham jamoada motivatsiya, kayfiyat va ruhni oshiradi", - dedi Ten Xag klub rasmiy saytiga.
Himoyachilar Lisandro Martines, Lyuk Shou va Garri Maguayr, shuningdek, yarim himoyachi Kazemiro jarohatidan to'liq forig' bo'lishdi. Barcha futbolchilar "Nyusport Kaunti" bilan Angliya kubogining 1/16 finalida ishtirok etishdi (4:2).
22-turdan so'ng "Manchester Yunayted" 32 ochko bilan APLda 9-o'rinda bormoqda.