Rokening orzusi amalga oshdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Barselona"ning 18 yoshli hujumchisi Vitor Roke Ispaniya Primerasining 20-turida "Osasuna"ga qarshi o'yinda (1:0) Kataloniya klubidagi debyut golidan so'ng o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
“Birinchi golimdan juda xursandman, birinchi navbatda, bu gol bizga uch ochko keltirdi. Bugun mening orzum amalga oshdi, men bu lahzani anchadan beri kutgandim", - deya Rokening so'zlarini keltiradi jurnalist Ramon Santos.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik hujumchi shu yil qishda "Barselona"ga o'tgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!