"Roma" yosh hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Roma" "Empoli" va Italiya yoshlar terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Tommazo Baldantsini sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi 1 fevral, payshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Rimga keladi. "Roma" yosh yarim himoyachi uchun "Empoli"ga taxminan 10 million evro to'laydi.Yana 5 million evro bonus sifatida taqdim etiladi.
Baldantsi 2011 yildan beri "Empoli" tizimida. Joriy mavsumda yarim himoyachi A Seriyada 14 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!