"Barselona" "Jirona" bilan savdolashib ko'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Jirona" bilan futbolchi almashish variantini ko'rib chiqmoqda.
"Ko'k-anorranglilar"ga avvalroq "Kamp Nou"ga o'tish istagini bildirgan yarim himoyachi Alesh Garsiya juda ham ma'qul kelgan edi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan.
Bir versiyaga ko'ra, bu 14 million evroni tashkil qiladi, boshqasiga ko'ra esa - 20 million evro. "Barselona" savdo qilish orqali katta xarajatlardan qochmoqchi.
"Barsa" "Jirona"ga Erik Garsiya yoki yarim himoyachi Pablo Torreni berishi mumkin. "Barselona" shuningdek, ushbu mavsum boshlanishidan oldin sotib olingan yarim himoyachi Oriol Romeuni "Jirona"ga qaytarishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!