Rasman! Rossiya Serbiya terma jamoasi bilan o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Moskvada Rossiya va Serbiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha rasmiy kelishuv e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat terma jamoasining telegram-kanalida xabar berildi.
"Rossiya – Serbiya uchrashuviga 50 kun qoldi! Birodarlar bilan do'stona uchrashuvni intiqlik bilan kutamiz", — deyiladi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarda.
Rossiya va Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvi 21 mart kuni "VTB Arena" stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, FIFA va UEFAning qo'shma qarori bilan Rossiya terma jamoalari va klublari xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirildi. Valeriy Karpin shogirdlari so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida Kubani 8:0 hisobida mag'lub etishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!