"Brayton" futbolchisi Bundesligaga qaytishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Brayton" yarim himoyachisi Mahmud Daud yaqin vaqt ichida Germaniya Bundesligasiga qaytishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, 28 yoshli yarim himoyachi sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olmoqchi bo'lgan "Shtutgart"ga o'tishi mumkin. Joriy mavsumda Daud Angliya Premer-ligasining 9 ta uchrashuvida bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
So'nggi uchrashuvlarda Mahmud ko'pincha zaxirada qoldi. Eslatib o'tamiz, Daud yozda "Borussiya Dortmund"dan erkin agent sifatida "Brayton"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!