"Vest Xem" yarim himoyachisi Liga 1ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Vest Xem" yarim himoyachisi Said Benrahma "Lion"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, klublar 28 yoshli futbolchini ijaraga olishga kelishib olgan. Qayd etilishicha, “Lion” jazoirlik uchun 5 million evro to'laydi, Benraxma uchun tovon puli esa 12 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq "Lion" "Vest Xem" vingeri uchun bonuslarni hisobga olmaganda 20 million evro taklif qilgani xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Benrahma “Vest Xem” safida 22 o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Jazoirlik futbolchining bozor narxi hozirda 22 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!