"Lill" hujumchisi qishda jamoani tark etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Lill" hujumchisi Jonatan Devid ushbu transfer oynasida jamoasini tark etmaydi. Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, kanadalik forvard joriy mavsum oxirigacha Frantsiyada qoladi.
Shu bilan birga manbaning xabar berishicha, Devid kelasi yozda katta ehtimol bilan "Lill"ni tark etadi.
Futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi bir yarim yildan keyin tugaydi, shuning uchun manfaatdor klublar chegirmaga ishonishlari mumkin.
Joriy mavsumda Devid Frantsiya chempionatining 19 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq, hujumchiga "Chelsi", "Milan" va "Napoli" klublari qiziqish bildirayotgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!