"Sautgempton" APLdan futbolchi oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Bornmut"ning uelslik yarim himoyachisi Devid Bruks Chempionship klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "Sautgempton" Uels terma jamoasi futbolchisini "giloslar" rahbariyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishga kelishib bo'lgan. Bitimning boshqa shartlari oshkor etilmagan. 30 yanvar, seshanba kuni 26 yoshli futbolchi yangi klubi bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Joriy mavsumda Bruks 18 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini to'qqiz million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!