Irismetov: "Hamrobekov Rossiyaning kuchli klublarida o'ynay oladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Jafar Irismetov Rossiya Premer-ligasi klublarini kuchaytirishi mumkin bo'lgan hamyurtimizni aytdi.
"O'ylaymanki, Odil Hamrobekovga Rossiya klublari qiziqadi. U bemalol Rossiyaning juda yaxshi klubida o'ynay oladi", - dedi Irismetov Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida.
Uning fikricha, o'zbekistonlik yosh futbolchilar o'z o'yinlari bilan yaxshi taassurot qoldirishmoqda. 27 yoshli Hamrobekov "Paxtakor"da o'ynaydi va Transfermarkt portali tomonidan 1,2 million evroga baholangan. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi pley-off bosqichiga chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!