Rayt Kloppning "Liverpul"dagi faoliyatini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi Yan Rayt Yurgen Kloppning joriy mavsum yakunida “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimini tark etishi haqidagi qarori haqida fikr bildirdi.
“Klopp kelganida, klub yana yuqoriga qaytishni xohladi. Yurgenning qilgan ishi aql bovar qilmaydi. Birinchi sovrinini qo'lga kiritish uchun unga uch yil kerak bo'ldi. Keyin u hamma narsada g'alaba qozondi va o'z nomini klub tarixiga yozdi.
Uning qarorini eshitib, juda xafa bo'ldim. Bu qayg'uli kun edi. Klopp nutq so'zlayotganda charchagan ko'rinardi", - deya Raytning so'zlarini keltiradi Liverpool Echo.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!