Bokschilarimiz Ispaniyadagi xalqaro turnirga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
29-yanvar 4-fevral kunlari Ispaniyaning La Nusiya shahrida erkaklar o'rtasida "Boxam" Xalqaro turniri bo'lib o'tadi. Ushbu turnir, Italiyada 4-11 mart kunlari o'tkaziladigan Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqadan oldin, so'ngi bosqich tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Turnirda ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari bugun tongda Ispaniyaga yo'l olishdi.
Jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
-63,5 kg. Ruslan Abdullaev
-63,5 kg. Mujibillo Tursunov
-71 kg. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-71 kg. Havasbek Asadullaev
-80 kg. To'rabek Habibullaev
-80 kg. Jasurbek Yo'ldoshev
-92 kg. Lazizbek Mullojonov
-92 kg. Shohjahon Abdullaev
Murabbiylar: To'lqin Qilichev, Juan Enrike, Akmal Hasanov, Sirojiddin Naimov