"Liverpul" Nunes borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85
"Liverpul" "Benfika"dan 80 million evro evaziga o'tganidan keyin jamoadagi ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan hujumchi Darvin Nunesning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, mersisaydliklar Nunesning muvaffaqiyatidan mamnun. Jamoa urugvaylik futbolchining kelajakda faqat yaxshilanishiga ishonmoqda.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 24 yoshli hujumchi 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Boshqa turnirlarda Nunes 4 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!