"Napoli" "Latsio" bilan o'yinda darvozani topa olmay qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Napoli" "Latsio"ga qarshi o'yinda darvozaga aniq zarba bermadi.
A Seriyaning 22-turidan o'rin olgan bugungi o'yin 0:0 hisobida yakunlandi. Shu bilan birga neapolliklar darvoza tomon birorta ham zarba berishmadi.
"Napoli" 2007/08 yilgi mavsumdan buyon uchinchi bor bunday natija qayd etdi.
Birinchi marta bunday holat 2011 yilning fevralida "Milan" bilan o'yinda, ikkinchi marta 2012 yilning aprelida "Yuventus" bilan o'yinda sodir bo'lgan.
A Seriyaning joriy mavsumida "Napoli" 32 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!