Gyundogan eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda o'nta asosiy uzatmani amalga oshirdi.
Who Scored'ning ta'kidlashicha, bu mavsumda Evropaning kuchli beshlik ligalarida hech bir futbolchi bitta o'yinda undan ko'ra ko'proq pas bermagan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Barselona” – “Vilyarreal” uchrashuvi kataloniyaliklarning 3:5 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan edi.
Joriy mavsumda Gyundogan barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!