Obameyang allaqachon 12-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
“Marsel”ning tajribali hujumchisi, 34 yoshli Per-Emerik Obameyang joriy mavsumdagi 12-golini urdi.
Liga 1 19-turidan o'rin olgan provansliklarning "Monako"ga qarshi o'yinida Obameyang monakoliklar darvozasiga gol urib, o'yinda hisobni tenglashtirdi, 1:1.
Hammasi bo'lib Obameyang Liga 1da 6 ta gol urgan, Frantsiya kubogida yana bir gol, UEFA Evropa ligasida esa 5 ta gol urgan.
Qizig'i, Obameyang o'tgan mavsumda "Chelsi" safida atigi 3 ta gol urgandi. Mashhur hujumchi joriy mavsum boshidan beri "Marsel"da.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!