Rasman: "Bayer" "Betis" hujumchisini ijaraga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Bayer" "Betis" hujumchisi Borxa Iglesias bilan shartnoma imzoladi.
Klub 31 yoshli hujumchini aprel oyiga qadar safdan chiqqan Viktor Bonifasening jarohati tufayli ijaraga olganini aytdi. Shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi.
Ispaniyalik futbolchi yangi jamoasida 9-raqamni oldi.
Iglesias joriy mavsumda La Liganing 11ta uchrashuvida maydonga tushdi va bir marta ham gol ura olmadi. O'tgan chempionatda uning hisobida 15 ta gol bor edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!