Tripper kelajagi haqidagi savollarga nuqta qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Nyukasl" himoyachisi Kiran Tripper qishda jamoani tark etish niyatida emasligini aytdi.
33 yoshli angliyalik futbolchiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
“Men 100 foiz bor e'tiborimni “Nyukasl”ga qaratganman. Men shu erda va faqat shu erda bo'lishim kerak", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi BBC.
Tripper 2022 yilning yanvaridan beri "Nyukasl"da o'ynamoqda. 2023/24 yilgi mavsumda futbolchi barcha turnirlarda jamoasi safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!