"Barselona"ning sobiq hujumchisiga APL klublari da'vogar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
"Espanol" hujumchisi Martin Breytueyt Angliya premer-ligasiga o'tishi mumkin.
Daily Express xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ga "Barselona"ning 32 yoshli sobiq hujumchisi Breytueytning xizmatlari taklif qilingan, u hozirda Ispaniya ikkinchi ligasida "Espanol" safida o'ynaydi.
Mumkin bo'lgan transfer tafsilotlari oshkor etilmagan. Joriy mavsumda Breytueyt barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini uch yarim million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!