"Chelsi" tarkibi Karim Benzema bilan qanday ko'rinish olgan bo'lardi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Chelsi"ning Benzemaga qiziqa boshlagani so'nggi paytlarda munozaralar markazida bo'ldi. London klubi hujumchini ijaraga olishi mumkinligi aytilmoqda. Sobiq "Real" futbolchisi o'tgan yozda Saudiya Arabistoniga yo'l olganiga qaramay, hoziroq "Al-Ittihod"ni tark etishni istamoqda. 36 yoshli hujumchi vaqtinchalik yana Evropaga qaytishi mumkin. Hozirda Benzema alohida mashg'ulot olib bormoqda. Unga Saudiyaning boshqa bir jamoasiga ijaraga o'tish taklif qilingan edi. Ammo futbolchi buni rad etdi. Ayni paytda, bu narsa "Chelsi" uchun imkoniyat hozirlaydi.
Benzemaga erishish oson bo'lmaydi. Negaki, Saudiya Jamoat fondi bunga yo'l qo'ymaydi. Shunga qaramay, Pochettino u bilan yaxshigina jamoasini kuchaytirib oladi.
"Chelsi" markaziy hujumda Nikolas Jeksonga suyanishga majbur bo'lmoqda. 22 yoshli hujumchi bu mavsumda jami 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Armando Broya ham bor. Ammo u yosh va jarohati bor. U 18 ta o'yinda 2 tagina gol urgan edi. "Chelsi" shunday vaziyatda 9 o'rinda bormoqda. Pochettinoga kuchli to'rtlikka qaytish uchun yana 12 ochko kerak.
Hujumni Benzema bilan kuchaytirish, bu jarayonni tezlashtira oladi. Pochettinoning 4-2-3-1 yoki 4-3-3 taktik sxemasi uchun fransuz futbolchisi aynan mos keladi. Hozirga qadar Sterling va Palmer hujumda edi. Kristofer Nkunku jarohatidan tuzalsa, yurtdoshi bilan oldingi chiziqqa o'tadi. Yarim himoya Entso Fernandes, Konor Gallaxer va Moyses Kaysedoga ishonib topshiriladi. Qanot himoyasi jarohatdan qaytgan Ben Chilvell va Ris Jeyms bilan to'ldiriladi. Markaziy himoya juftligi esa Aksel Disasi, Levi Kolvill, Tiagu Silva, Benua Badiashile hamda Vesli Fofanalardan tanlab olinadi.
Darvoza sohasida vaqtinchalik harakat qilayotgan Jorje Petrovich Robert Sanches safga qaytishi bilan o'z joyini ispaniyalikka bo'shatib beradi.
ISMATOV J.