De Ligt «MYu» short-listidan o'rin oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Matteys de Ligt yozda Angliya Premer-ligasi klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 24 yoshli niderlandiyalik himoyachini yozda sotib olinishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatoriga kiritdi. De Ligt "Bavariya"dagi kam o'yin amaliyoti sabab jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Futbolchi 2022 yilning iyul oyida "Yuventus"dan 67 million evroga sotib olingandi. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!