"Napoli" argentinalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish arafasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Udineze" markaziy himoyachisi Neuen Peres "Napoli"ga o'tish arafasida.
Klublar transfer shartlari bo'yicha kelishib oldilar - transfer qiymati 16 million evroni tashkil qiladi, "Udineze" yana 2 millionni bonuslar ko'rinishida ishlab olishi mumkin, deya xabar beradi insayder Matteo Moretto.
E'tiborlisi, kelishuvdan tushgan foydaning bir qismi (3+1 million evro) "Atletiko Madrid"ga tushadi.
Neuen Peres joriy mavsumda “Udineze” safida A Seriyaning 21 o'yinida maydonga tushdi va bir marta jamoadoshlariga assistentlik qildi.
23 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasida bitta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!