Simeonening kichik farzandi «Atletiko»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 568
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening kichik o'g'li Juliano madridliklar akademiyasiga o'tdi. "Matraschilar" 16 yoshli futbolchi uchun "River Pleyt"ga 250 ming evro to'ladi.
Argentinalik mutaxassisning yana ikki o'g'li bor. Katta farzandi Jovanni "Kalyari"da o'ynayotgan bo'lsa, Janluka "Ibitsa" futbolchisi hisoblanadi.
Kecha, 14 sentyabr kuni "Atletiko" ushbu mavsumdagi ilk marta mag'lubiyatga uchradi. Shunga qaramay, jamoa La liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!