Messi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539
Lionel Messi "Barselona"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Kataloniyaliklar murabbiylar shtabi argentinalik futbolchining sog'ayib ketishi borasida shoshilishni istamayapti. Shu bois, uning Chempionlar ligasi doirasida "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Messi jamoa bilan birga Germaniyaga yo'l oladi, ammo o'yinni stadion tribunasidan kuzatishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Messi jarohat tufayli ushbu mavsumda hali rasmiy o'yinlarda ishtirok etmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!