Ekaterinburg-2019. Mirzaxalilov dastlabki jangida g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 577
-57 kg vaznli bokschimiz Mirazizbek Mirzaxalilov qur'aga ko'ra jahon chempionatining dastlabki bosqichidan ozod etilgan edi. Vatandoshimiz bugun musobaqada ilk marta ringga ko'tarildi.
Hamyurtimiz braziliyalik Duglas de Andradeni katta ustunlik bilan 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va 1/8 finalga yo'l oldi. Navbatdagi bosqichda Mirzaxalilovga marokashlik Muhammad Hamut raqiblik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!