"Milan" Shevchenkoni tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Andrey Shevchenkoni Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UFA) prezidenti etib tayinlangani bilan tabrikladi.
"Biz Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini egallagan Andrey Shevchenkoni tabriklaymiz va unga omad tilaymiz", deyiladi "Milan" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Shevchenkoning tayinlanishi bugun, 25 yanvar kuni ma'lum bo'ldi. "Milan" va "Chelsi"ning sobiq hujumchisi UFA tarixidagi oltinchi prezident bo'ldi. Tashkilotning avvalgi rahbari Andrey Pavelko uyushmadagi korruptsiya mojarolari tufayli qamoqda. Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Kievning "Dinamo", "Milan" va "Chelsi" klublarining sobiq hujumchisi 111 ta o'yinda 48 ta gol urgan.