"Chelsi"ning ikki etakchi futbolchisi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku va himoyachi Malo Gyusto "aristokratlar"ning mashg'ulotlariga qaytishdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Nkunku soni jarohati tufayli 31 dekabrdan beri maydonga tushmayapti. Bundan sal avvalroq, frantsiyalik hujumkor futbolchi besh oy davomida son jarohatidan tuzalib ketgandi. Gyusto biroz keyinroq - 13 yanvar kuni Premer-liga doirasidagi "Fulxem" bilan uy uchrashuvida (1:0) mushaklaridan jarohat oldi.
Joriy mavsumda Nkunku barcha turnirlarda "ko'klar" safida to'rtta to'liqsiz o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi. Gyusto o'z navbatida 19 o'yinda ishtirok etib, to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!