Pochettino: "Chelsi" qishki transferlarga muhtoj emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino joriy qishki transfer oynasida londonliklar safida xaridlar kamligi haqida gapirdi.
“Qishki transferlar? Menimcha, ular bizga kerak emas. Biz o'yinchilar bilan shartnoma imzolash emas, sovrinlarni yutish niyatidamiz. Ixtiyorimizdagi futbolchilardan mamnunman. Aytgancha, transfer oynasining so'nggi haftasida nima bo'lishi mumkinligiga tayyor bo'lishimiz kerak", - deya Pochettino so'zlarini keltiradi London klubi matbuot xizmati.
"Chelsi" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Maurisio Pochettino shogirdlari 21 turda 31 ochko to'plashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!