Xavi Romeuning kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes yozda "Jirona"dan jamoaga kelib qo'shilgan himoyachi yarim himoyachi Oriol Romeuning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, jamoa ustozi tajribali yarim himoyachining ushbu transfer oynasida jamoani tark etishini istamayapti. Manbaning aytishicha, Romeuning o'zi ham yanvarda ketishni istamaydi. Oriol hech bo'lmaganda mavsum oxirigacha qolishni istaydi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi. Avvalroq "Jirona" Romeuni qaytarishga qiziqayotgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!