«Real Sosedad» kutilmaganda «Atletiko»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1165
Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida mavsum peshqadami "Atletiko" safarda "Real Sosedad" mehmoni bo'ldi. "Anoeta"dagi bahsda "matraschilar" ushbu mavsumda ilk marta ochko yo'qotdi.
Basklar o'z uyilaridagi dastlabki o'yinni yuqori ishtiyoq bilan o'tkazishdi va kuchli raqibni mag'lub etishdi. Ular birinchi bo'limda golga tortadigan 3ta vaziyat yaratib, ulardan foydalana olishmadi.
Ikkinchi bo'limda esa san-sebastyanliklar 3 daqiqa ichida ikkita gol urib, amalda o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi. E'tiborlisi, Nacho Monreal "Real Sosedad" safida debyut uchrashuvida gol urdi.
Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Simeone shogirdlari oldinga tashlanishdi. Ammo mezbonlar posboni Migel Anxel Moyya ikkita vaziyatda jamoani muqarrar goldan qutqarib oldi.
Shu tariqa, "Real Sosedad" o'z ochkolarini 7taga etkazib, jadvalda 4-o'ringa ko'tarilib oldi. "Atletiko" esa mag'lubiyatga qaramay, peshqadamlik qilishda davom etadi.
Ispaniya La ligasi, 4-tur
Real Sosedad – Atletiko 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 58 Edegor, 2:0 – 61 Monreal.
Real Sosedad – Moyya, Monreal, Lorente, Saldua, Elustondo, Edegor, Merino (Surutusa, 83), Oyarsabal, Subeldiya, Portu (Yanuzay, 83), Isak (Villian Joze, 73).
Atletiko – Oblak (Adan, 66), Ximenes, Savich, Lodi, Tripper, Lemar (Lorente, 46), Saul, Vitolo, Koke, Joau Feliks (Korrea, 57), Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Subeldiya (45), Tripper (51), Lorente (60), Diego Kosta (69).