Afrika terma jamoalarida murabbiylar iste'fosi davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Yana bir murabbiy Afrika kubogidagi yomon o'yinlardan so'ng ishsiz qoldi.
Jalol Kadri endi Tunis terma jamoasi bosh murabbiyi emas. Mutaxassisning iste'fosi rasman e'lon qilindi.
Chorshanba kuni Tunis terma jamoasi Janubiy Afrikani mag'lub eta olmadi - o'yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Natijada “Karfagen burgutlari” cho'ntagida ikki ochko bilan o'z guruhida so'nggi o'rinni egalladi. Namibiya (4 ochko), Janubiy Afrika (4 ochko) va Mali (5 ochko) jamoalari yuqoriroq natijani qayd etishdi.
Avvalroq Kot-d'Ivuar, Gana va Jazoir termalari murabbiysiz qolgandi. Bu jamoalar Afrika kubogida ham o'zini ko'rsata olishmadi, garchi ivuarliklar ayni damda uy turnirining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolishgan bo'lsada.