"Yuventus" yo'nalishni o'zgartirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Yuventus" hujumchisi Moyze Kin tez orada ijara asosida boshqa jamoada o'ynaydi.
Xabaringiz bor, Madridning “Atletiko” klubi italiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi, biroq forvardga yangi da'vogar – “Bayer” paydo bo'ldi.
Insayder Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, leverkuzenliklar kelishuv ustida ishlay boshlagan, biroq muzokaralar dastlabki bosqichda.
Hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan. Moyze Kin Massimiliano Allegri jamoasining asosiy tarkibiga kira olmayapti, shu bois “keksa sinyora” rahbariyati 23 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga berishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!