Nonto yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Lids" vingeri Uilfrid Nonto klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deya xabar beradi The Athletic.
Amaldagi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Yozda Nonto klub rahbariyatiga uni boshqa jamoaga qo'yib yuborish iltimosi bilan murojaat qilgan. Biroq, keyinchalik u bosh murabbiy Daniel Farkedan kechirim so'radi va jamoaga qaytdi.
"Everton" uni yozda qo'lga kiritishga urinib ko'rdi, yanvarda yana transfer ustida ishlash haqida ma'lumot bor edi.
Nonto - "Inter" tarbiyalanuvchisi. U 2022 yilda 4,5 million evroga ingliz klubiga o'tgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!