"Atletiko" himoyachisi La Liganing boshqa klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
"Atletiko Madrid"ning chap qanot himoyachisi Xavi Galan faoliyatini "Real Sosedad"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, Sosedad klubi 29 yoshli ispaniyalikni sotib olish imkoniyatisiz ijara shartnomasini yakunlashga yaqin turibdi.
"Atletiko" Galanni o'tgan yozda "Selta"dan 5 million evroga sotib olgandi. Bungacha u "Kordoba" va "Ueska" klublarida o'ynagan.
Joriy mavsumda madridliklar chap qanot himoyachisi 9 uchrashuvda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!