"Lion" Benzemani qaytarishga harakat qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Karim Benzema Saudiya Arabistonini kelganidan atigi olti oy o'tib tark etishi mumkin. Yulduz forvard Evropaga yo'l olishi mumkin, ammo "Al-Ittihod" bilan bo'lishi mumkin bo'lgan kelishuv oson bo'lmaydi.
RMC Sport xabariga ko'ra, "Lion" hozirda Benzemani o'z safiga qaytarish ustida ishlamoqda. Biroq “to'quvchi”larning “Al-Ittihod” bilan kelishib olishlari qiyin bo'ladi, ayniqsa, moliyaviy jihatdan.
Karim Benzema "Lion" tarbiyalanuvchisi, 2005-2009 yillarda asosiy jamoada o'ynagan. Bu davrda hujumchi 148 ta o'yin o'tkazib, 66 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani hamkorlariga taqdim etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!