"Jirona"ning mag'lubiyatsiz seriyasi nechta o'yinga etdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
“Jirona” mag'lubiyatsiz seriyasini 17 ta o'yinga etkazdi.
Bugun kataloniyaliklar La Liganing 21-turi doirasidagi o'yinda “Sevilya”ni yirik hisobda (5:1) mag'lub etishdi.
"Jirona" barcha musobaqalardagi so'nggi 17 uchrashuvda 14 marta g'alaba qozongan va 3 marta durang o'ynagan.
"Jirona" oxirgi marta sentyabr oyida "Real"ga (0:3) mag'lub bo'lgandi. Bu mag'lubiyat joriy mavsumdagi yagonaligicha qolmoqda.
"Jirona" 52 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Real Madrid" 1 o'yin kam o'tkazib 1 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!