"Arsenal" himoyachisi faoliyatida ilk bor dubl amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Gabriel Magalyans Angliya Premer-ligasida “Kristal Pelas”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida dubl qayd etdi. 26 yoshli futbolchi uchun bu dubl professional faoliyatidagi birinchisi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Magalyans o'zining ikkala golini ham “Kristal Pelas” darvozasiga burchak to'pidan so'ng kiritdi. Dastlab Deklan Rays, keyin Bukayo Saka assist vazifasini bajardi. Avvalroq, Gabriel Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida atigi bitta gol urgandi.
Magalyans 2020 yilning yozidan Frantsiyaning “Lill” klubidan London jamoasiga o'tganidan beri “Arsenal”da o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!