"Real" Nacho bilan hamkorlikni davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Luka Modrich yozda "Real"ni tark etishi, Nacho Fernandes esa shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.
Relevo xabariga ko'ra, madridliklarning 34 yoshli himoyachisi va sardori jamoada qolishi mumkin - Nachoga shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirish imkoniyati taklif qilingan.
Modrichga kelsak, unga hali yangi shartnoma taklif qilinmagan. Taxminlarga ko'ra, Lukaning yoshi uning o'yiniga ta'sir qila boshlagan, shu bois klub mavsum yakunida 38 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachini iliqlik bilan kuzatib qo'yishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!