Simonsning kelajagi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
"PSJ"dan ijaraga olingan "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Xavi Simons Germaniyada qolishga tayyor.
Xabaringiz bor, “qizil buqalar” 20 yoshli futbolchini ijara muddatini uzaytirish orqali o'z saflarida saqlab qolish niyatida.
Jurnalist Adrien Grene Sky Sport nashriga tayanib xabar berishicha, Xavi Simonsning o'zi ham yana bir mavsumni "RB Leyptsig"da o'tkazishni xohlaydi.
Klublar kelishuvni joriy mavsum tugaganidan keyin muhokama qilishadi. Niderlandiyalik futbolchi “RB Leyptsig” safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!