"Empoli" gruziyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Italiyaning "Empoli" futbol klubi "Torpedo"dan gruziyalik 19 yoshli himoyachi Saba Goglichidzening transferini rasman e'lon qildi.
Gruziya yoshlar terma jamoasi futbolchisi 2028 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Transfermarkt internet portali ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 450 ming evroni tashkil qilgan. O'yinchining bozor qiymati 300 ming evroga baholanmoqda.
Saba Goglichidze "Torpedo" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 17 yoshida Saba Gruziya oliy divizionida debyut qildi.
Umuman olganda, himoyachi "Torpedo" safida barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!