Sensi hamyurtining oldiga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Inter" yarim himoyachisi Stefano Sensi xorij jamoasiga o'tishga yaqin.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, italiyalik futbolchi tez orada “Lester”ini boshqarayotgan hamyurti Entso Mareska yoniga boradi.
Manbaning xabar berishicha, "Inter" o'z yarim himoyachisi uchun 2 million evro tovon puli oladi. Futbolchining Milan klublari bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
“Lester” ayni damda chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va yana Premer-ligaga qaytmoqda.
Sensi joriy mavsum Italiya A seriyasida 3 ta o'yinda maydonga tushdi va birorta ham samarali harakat qila olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!