"Chelsi" yangi himoyachilar qidirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Londonning "Chelsi" klubi faol ravishda yangi markaziy himoyachi qidirmoqda.
Insayder Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati 39 yoshli Tyago Silvaning o'rniga munosib tarzda kuchli xarakterga ega futbolchi qidirmoqda.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik faxriyning shartnomasi yozda tugaydi. Manbaning ta'kidlashicha, "Chelsi" ushbu transfer oynasida yangi markaziy himoyachi sotib ololmaydi, chunki bozorda ko'plab munosib o'yinchilar topilmaydi.
Katta ehtimol bilan transfer yozda amalga oshadi. Avvalroq “Chelsi” “Nitstsa”dan Jan-Kler Todibo va “Bayer”dan Jonatan Ta kabi himoyachilarga qiziqish bildirayotgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!